Barcha yangiliklar
Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari Andijon viloyatiga tashrif buyurdi
Gallery image 52066
Gallery image 52067
Gallery image 52068
Gallery image 52069
Gallery image 52070
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
28 Iyul 2025
00:00

Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari Andijon viloyatiga tashrif buyurdi

Tashrifning asosiy maqsadi — viloyatlararo hamkorlikni mustahkamlash, mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, doimiy komissiyalar ish samaradorligini oshirish, hamda deputatlar o‘rtasida tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

 Delegatsiya dastlab Andijon shahar hokimligida bo‘lib, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati faoliyati, ish yuritish tartibi, mahalliy vakillik organlari va ijro hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar Andijon shahridagi bir qator mahallalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Uchrashuvlar davomida ikki hudud deputatlari o‘zaro fikr almashib, xalq vakillari sifatida joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishdagi yondashuvlar, nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qilishdi.