Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 51974
Gallery image 51975
SHOVQIDDINOV MAFTUN SAYFUTDINOVICH
30 Iyul 2025
09:21

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ushbu tadbirda fuqarolarning ijtimoiy, huquqiy, kommunal-maishiy yo‘nalishlardagi muammo va takliflari tinglandi.

Qabul davomida aholining turmush sharoitini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy yordam, ish bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunchilikdagi ayrim o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar so‘raldi.

Murojaatlar e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Yechimini talab qiladigan holatlar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Shu kabi qabullar muntazam o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari asosida aniq natijalar sari harakat qilinmoqda.