Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Nargizaxon Akbarova saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
Gallery image 51578
Gallery image 51579
Gallery image 51580
Gallery image 51581
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
25 Iyul 2025
18:11

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Nargizaxon Akbarova saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Nargizaxon Akbarova 11-Alisher Navoiy saylov okrugi Axmad Yassaviy mahalla saylovchilari oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.

Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.

Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi.