Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Abdubannob Mahkamov saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi
Gallery image 51560
Gallery image 51561
Gallery image 51562
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
25 Iyul 2025
17:47

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Abdubannob Mahkamov saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.

Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Abdubannob Mahkamov ham 16-Ipak yo’li saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi.

Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o’rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi. Shuningdek, hududdagi masalalar yuzasidan 1 ta Aloqa xati chiqarildi.