Barcha yangiliklar
PREZIDENT FARMONI DOIRASIDA NAZORAT-TAHLIL ISHLARI O‘TKAZILDI.
Gallery image 51552
Gallery image 51553
Gallery image 51554
Gallery image 51555
Gallery image 51556
Gallery image 51557
Gallery image 51558
Gallery image 51559
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
25 Iyul 2025
17:46

PREZIDENT FARMONI DOIRASIDA NAZORAT-TAHLIL ISHLARI O‘TKAZILDI.

Farmonga ko‘ra Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari tomonidan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Kadastr agentligi Vobkent tumani bo‘limi va Davlat kadastrlar palatasi Vobkent tumani filialida bo‘lib, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati nazoratga olindi.

Kadastr agentligining "Eʼtirof" avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar asosida mavjud holatlar huquqiy tartibga solinayotganligi ko‘zdan kechirildi.

Xususan, agentlik va palatada xalqaro standartlarga mos menejment tizimi joriy etilgani, profilaktika va targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilgani, davlat xizmatlari raqamlashtirilgani ta’kidlandi.

Deputatlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sohadagi ish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirdilar.