Barcha yangiliklar
Vobkentda "Ko'lxatib g'isht" korxonasi kuniga 10 ming dona g‘isht ishlab chiqarmoqda.
Gallery image 51535
Gallery image 51536
Gallery image 51537
Gallery image 51538
Gallery image 51539
Gallery image 51540
Gallery image 51541
Gallery image 51542
Gallery image 51543
Gallery image 51544
Gallery image 51545
Gallery image 51546
Gallery image 51547
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
25 Iyul 2025
17:42

Vobkentda "Ko'lxatib g'isht" korxonasi kuniga 10 ming dona g‘isht ishlab chiqarmoqda.

Bu yo‘lda har bir qadam, har bir muvaffaqiyat kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Qat’iyati bilan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini dadil amalga oshirib, kelgusida o‘z yo‘nalishida yangi sahifalar ochishni maqsad qilgan talisangobodlik Samandar Hoshimov nafaqat xonobodliklar, balki tumandagi tadbirkorlar orasida ham hurmat qozongan.

  Sh.Bozorov rahbarligidagi Ko'lxatib mahallasida joylashgan "Ko'lxatib g'isht" MCHJsi 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu korxona o‘zining sifatli pishiq g‘isht mahsulotlari bilan bozorda o‘z o‘rniga ega. Zavod bir sutkada 10 mingta g‘isht ishlab chiqarib, buyurtmachilarga o‘z vaqtida yetkazib bermoqda.

  Korxonada 15 ga yaqin kishi ishlamoqda. Ularning har biri o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshib, zavodning yuksak natijalarga erishishi uchun mehnat qilmoqda. Ular nafaqat zavodning, balki o‘z mahallalarining ham taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda.

  Tuman prokurori H.Shirinov, Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Vafoyev va Vobkent tumani Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi rahbari G'.Hasanov bilan suhbatda Sherali Bozorov korxonani yanada kengaytirish istagini bildirdi.

 Har bir pishiq g‘ishtning ortida mustahkam mehnat va chuqur mas’uliyat yotadi. "Ko'lxatib g'isht" esa o‘zining sifatli mahsulotlari va yangi rivojlanish rejalari bilan yorqin kelajakka qadam tashlamoqda.