Barcha yangiliklar
Ilmiy-ma’rifiy tashrif: Qutayba ibn Muslim merosiga  e’tibor va ehtirom
Gallery image 51405
Gallery image 51406
Gallery image 51407
Gallery image 51408
Gallery image 51409
IMINJANOVA DILFUZAXON ERGASHOVNA
25 Iyul 2025
12:54

Ilmiy-ma’rifiy tashrif: Qutayba ibn Muslim merosiga e’tibor va ehtirom

 Bugun Qutayba Ibn Muslim Hazratlari ziyoratgoxiga Termiz Davlat Universiteti professori, tarix fanlari doktori Tursunov Sayfullo aka Nazrullaevich oila a’zolari bilan tashrif buyurib, Qutayba Ibn Muslim Xazratlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqeylik bilan o‘rtoqlashdilar. Qutlug‘ qadamjoda hokimimiz tashabbuslari bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ilmiy-amaliy Konferensiyalarda ishtirok etib, ilmiy izlanishlarini bayon etish niyati borligini aytdi. Shuningdek
ulug‘ Sarkarda hayoti va faoliyatiga oid o‘zi va taniqli Olimlarning qator kitoblarini ziyoratgoh kutubxonasiga sovg‘a qilishini bildirdi.
Tashrif davomida mehmonlarga Andijon Mashinasozlik instituti Professori, tarixshunos etnograf olim Ulug‘bek aka Abdullaev, tuman nuroniy jamg‘armasi raisi A. Qurbonov, viloyat va tuman Kengashi deputatlari hamroxlik qildilar.