Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 51380
Gallery image 51381
Gallery image 51382
Gallery image 51383
Gallery image 51384
Gallery image 51385
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
25 Iyul 2025
11:31

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev "O‘zbekiston" mahallasida saylovchilar, ko‘cha boshlari hamda mahallaning faxriy nuroniylari bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar, taklif va mulohazalarni diqqat bilan tingladi.

Shuningdek, Axrorjon Ibadullayev joriy yilning 2-choragi bo‘yicha amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Deputat tomonidan ilgari ko‘tarilgan muammolar yechimi bo‘yicha qilingan ishlar haqida aniq ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida nuroniylar ham o‘z duolari, maslahatlari va fikr-mulohazalari bilan chiqish qilishdi. Ularning hayotiy tajribalari asosidagi fikrlar deputat tomonidan alohida qadrlanib, yozib olindi.

“Aholi ishonchiga munosib javob berish — deputatlik burchimizdir”, — dedi Axrorjon Ibadullayev.