Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha holati o‘rganildi
Gallery image 51364
Gallery image 51365
Gallery image 51366
Gallery image 51367
Gallery image 51368
Gallery image 51369
Gallery image 51370
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
25 Iyul 2025
10:02

Ijtimoiy soha holati o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z.Akramova, O‘zXDP Markaziy Kengashi boshqarma boshlig‘i M.Xasanova va partiyaning Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatov hamda Jizzax shahar Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh Jizzax shahrida bir qator tashkilotlarda bo‘ldi.

Tashrif davomida 22-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim sifati, o‘quvchilar sharoiti o‘rganildi. Shuningdek, Inson ijtimoiy xizmatlar markazida aholiga ko‘rsatilayotgan yordamlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida esa ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Uchrashuvlar chog‘ida fuqarolar murojaatlari tinglandi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.