Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Gallery image 51220
Gallery image 51221
Gallery image 51222
Gallery image 51223
Gallery image 51224
Gallery image 51225
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
22 Iyul 2025
14:11

Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22-iyul kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov o‘zi saylangan hududdagi saylovchilar bilan rejalashtirilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal xizmatlar, bandlik va infratuzilma sohalariga oid dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Har bir masala yuzasidan batafsil izohlar berildi hamda qonuniy asosda hal etilishi lozim bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.

Saylovchilar bilan bu kabi ochiq muloqotlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularni tezkor va samarali hal etish hamda jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.