Barcha yangiliklar
Ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 51120
Gallery image 51121
Gallery image 51122
Gallery image 51123
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
24 Iyul 2025
09:04

Ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

      Jizzax viloyati politexnika institutida “Korrupsiyasiz jamiyat muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

     Konferensiyada O'zNNTMA Jizzax viloyat hududiy bo'linmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi, Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Mamatqulovlar ishtirok etdilar. 

     Tadbir davomida jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb jihatlari, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislar, ilmiy doiralar vakillari va amaliyotchi ishtirokchilar o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.