Barcha yangiliklar
“Ishbilarmon ayol – 2025”
Gallery image 51053
Gallery image 51054
Gallery image 51055
Gallery image 51056
Gallery image 51057
Gallery image 51058
Gallery image 51059
Gallery image 51060
Gallery image 51061
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
23 Iyul 2025
16:32

“Ishbilarmon ayol – 2025”

Amudaryo tumanida bo‘lib o‘tgan “Ishbilarmon ayol – 2025” tanlovining tuman bosqichi ham ayni maqsad yo‘lida tashkil etilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ilg‘or ayollar o‘zaro bellashdilar. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari Kazakov Madamin, Axmedov Yaxshimurat, Raxmatullayeva Muyassar, Muratbayeva Saylixan va tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Saburova Go‘zal ishtirok etishdi.

Bugungi kunda Amudaryo tumanida 70 nafardan ortiq lider tadbirkor ayollar faoliyat yuritmoqda. Shulardan 30 nafari tanlovda ishtirok etib, oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda o‘z loyihalari va yutuqlari bilan sahnaga chiqishdi.