Barcha yangiliklar









QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
25 Yan 2024
02:49
Ishtixon tumanida «Vatan tayanchi» otryadiga a’zo o‘quvchilarga ko‘krak nishon va guvohnomalar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari tashkil etilgan. Shu munosabat bilan 2024-yil 25-yanvar kuni Ishtixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga ko‘krak nishon va guvohnomalarining topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati E.Abdusalomov ishtirok etdi.