Barcha yangiliklar
Deputat mahallada” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 50655
Gallery image 50656
Gallery image 50657
Gallery image 50658
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
22 Iyul 2025
10:43

Deputat mahallada” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 21 iyul kuni O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Oqoltin tuman Kengashi deputati Iroda Quchqarova hamda Tuman adliya bo'limi boshlig'i A.Ziyaev hamkorligida “Ko'rkam diyor” mahallasi ettiligi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalla ettiligi a'zolariga huquqiy ma'rifiy tushuntirishlar berildi. Xususan, aholi bilan to'g'ri va samarali muloqot o'rnatish, murojaatlar bilan ishlashning huquqiy asoslari, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yanada yuksaltirish borasida aniq tavsiyalar berildi.

Yig'ilish doirasida mahalladagi ishsiz yoshlar ro'yhati ko'rib chiqilib, ularni ishga joylashtirish, kasbga yo'naltirish va bilim olishga rag'batlantirish orqali kelgusida yurtga foyda keltiradigan etuk mutahassislar sifatida tarbiyalash muhimligi ta'kidlandi.