Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
Gallery image 50485
Gallery image 50486
Gallery image 50487
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
18 Iyul 2025
15:00

CHINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

 Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Baxramov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla raisi boshchiligidagi “mahalla yettiligi” a’zolari, faollar va mahalla aholisi ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi deputatning joriy yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan ishlari va faoliyati haqida saylovchilarga batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. 

  

Deputat Mirsoat Mirsodiqov o‘z nutqida 2025-yilning 2-choragi davomida hududlarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, aholi murojaatlari asosida hal etilgan muammolar va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha axborot berdi. 

  

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan deputatga murojaat qilishdi, taklif va mulohazalarini bildirishdi. Har bir fikr diqqat bilan tinglanib, tegishli tashkilot rahbarlariga muammolarni hal etish
bo‘yicha topshiriqlar berildi.