Barcha yangiliklar
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 50466
Gallery image 50467
Gallery image 50468
Gallery image 50469
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
16 Iyul 2025
16:27

Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalliy byudjet daromadlar ijrosi holati, qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, tumanda 2025-yilning I yarmida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksportni amalga oshirish va yoshlar sanoat zonasida olib borilgan ishlar hamda kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha tegishli ma’sullarning axborotlari eshitildi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan keyin ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.