Barcha yangiliklar
Deputat so'rovi asosida tungi yoritish chiroqlari ta'mirlanib, aholiga qulayliklar yaratildi.
Gallery image 50434
Gallery image 50435
Gallery image 50436
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
18 Iyul 2025
14:43

Deputat so'rovi asosida tungi yoritish chiroqlari ta'mirlanib, aholiga qulayliklar yaratildi.

Deputat so'rovi asosida tungi yoritish chiroqlari ta'mirlanib, aholiga qulayliklar yaratildi.

Paxtakor tuman “Buyuk ipak yo‘li” MFY dagi aholi murojaatlari o‘rganilganda, mahallaning markaziy Yangiyer, Muqumiy, Afrosiyob va Bog‘don ko‘chalariga o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlari bir yildan buyon ishlatilmay kelayotganligi aholining haqli e'tiroziga sabab bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Misratullayev Boburjon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i nomiga "Deputat so'rovi" yubordi.

Ushbu masala yuzasidan mas'ullar ishtirokida mahalla hududidagi ta'mirtalab tungi yoritish chiroqlari yangisiga almashtirildi.

Fuqarolar tomonidan bu kabi harakatlar yuqori baholanib, jonkuyar deputatga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.