Barcha yangiliklar









JAYSANBAYEV ANSAT BURANBAYEVICH
09 Iyul 2025
10:36
"NAVOI AGROFOS" MCHJ XKga tashrif
Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati O.Umarov “Suketti” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "NAVOI AGROFOS" MCHJ XK xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida hokim korxonada amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud ishchi shart-sharoitlari hamda yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, "NAVOI AGROFOS" MCHJ XK tomonidan mahalliy aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida tuman hokimi korxona rahbariyatiga o‘z tavsiyalarini berib, hududdagi iqtisodiy salohiyatni yanada oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.