Barcha yangiliklar
“Xalil Bobo Industry” MCHJ faoliyati bilan tanishuv
Gallery image 50209
Gallery image 50210
Gallery image 50211
Gallery image 50212
JAYSANBAYEV ANSAT BURANBAYEVICH
26 Iyun 2025
10:08

“Xalil Bobo Industry” MCHJ faoliyati bilan tanishuv

 Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati Orzumurod Umarov “Sharq” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan
“Xalil Bobo Industry” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. 

 

Tashrif davomida Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati korxonada amalga oshirilayotgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur korxona yaroqsiz holatga kelgan avtotransport shina (balon)larini qayta ishlash orqali rezina granulalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 

 

Aholi bandligini ta’minlash va mahalliy xomashyodan samarali foydalanishga qaratilgan mazkur loyiha tuman iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.