Barcha yangiliklar
Ishtixon tumanida “Yoshlarni ish bilan ta’minlash” masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Gallery image 4477
Gallery image 4478
Gallery image 4479
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
23 Yan 2024
02:00

Ishtixon tumanida “Yoshlarni ish bilan ta’minlash” masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati F.Abdurazzaqov yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, xususan 2016-yil 13-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2017-yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash borasida qabul qilingan davlat dasturi hamda bunga asosan hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi. 

Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada rivojlantirish va yoshlarni ish bilan ta’minlanishi borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga doir qator taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.