Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 50085
Gallery image 50086
Gallery image 50087
Gallery image 50088
Gallery image 50089
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
16 Iyul 2025
12:39

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Xalnisa Shayimova "Paxtakor" mahallasida o‘zining navbatdagi hisobot yig‘ilishini o‘tkazdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Abdurasul Bobobekov, tuman tashkilotlari vakillari, faollar va mahalla aholisi ishtirok etdi.

Yig‘ilish faol muloqot ruhida, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan bir qator dolzarb muammolar muhokama qilinib, ayrim masalalarga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Mazkur uchrashuv aholining deputatlar bilan bevosita muloqot qilishi, ochiq va samimiy fikr almashuvi uchun muhim maydon bo‘ldi.