Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 49958
Gallery image 49959
Gallery image 49960
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
15 Iyul 2025
15:25

Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati A.Uljayeva o‘z saylovchilari bilan uchrashdi. “Yangi davr” mahallasi hududida joylashgan 1-umumta’lim maktabi faollar zalida bo‘lib o‘tgan muloqotda saylovchilarga xalq deputatlari tuman Kengashining II chorakdagi faoliyati haqida axborot berildi.

Uchrashuvda saylovchilar tomonidan A.Navoiy mahallasi Shifokorlar ko‘chasi, Sayxun 1,2,3-ko‘chalarida ichimlik suvi muammosi hamda oqar suv muammosi yuzasidan murojaatlar tushdi. Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar tegishli mas’ullar bilan gaplashib keying uchrashuvlarda axborot berishga kelishdilar.