Barcha yangiliklar
“Ishbilarmon ayol – 2025” ko‘rik-tanlovining Dehqonobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 49752
Gallery image 49753
Gallery image 49754
Gallery image 49755
Gallery image 49756
Gallery image 49757
Gallery image 49758
Gallery image 49759
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
14 Iyul 2025
10:34

“Ishbilarmon ayol – 2025” ko‘rik-tanlovining Dehqonobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Ishbilarmon ayol – 2025” ko‘rik-tanlovining Dehqonobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Dehqonobod tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol – 2025” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi. 

 Mazkur tanlovda tumanda tadbirkorlik, hunarmandchilik va fermerlik sohalarida faoliyat yuritib, yuqori natijalarga erishayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratishda alohida o‘rnak bo‘layotgan faol ayollar ishtirok etdilar.  

 Ular orasidan eng ilg‘or va tashabbuskorlari saralab olindi. 

 Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati M.Menglieva hamda faol a’zolar ishtirok etdilar. 

 G‘oliblarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. Endi ular viloyat bosqichida Dehqonobod tumani sharafini munosib himoya qiladilar. 

 Mazkur tanlov nafaqat ayollar faolligini oshirish, balki ularning iqtisodiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.