Barcha yangiliklar
DEPUTAT AXBOROTI
Gallery image 49583
Gallery image 49584
Gallery image 49585
Gallery image 49586
Gallery image 49587
MAMATQOBILOV MANSURBEK BEKBUTA O‘G‘LI
11 Iyul 2025
14:28

DEPUTAT AXBOROTI

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.

Bu esa, deputatning saylovchilari oldidagi mas'uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari Salimova Mastura Sharifovna va Xaydarov Umidjon Ummatkulovichlar 1-Baxt hamda 2-Navoiy saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi.

Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o’rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi.