Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, joriy yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.
Gallery image 50187
Gallery image 50188
Gallery image 50189
Gallery image 50190
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
10 Iyul 2025
16:31

Deputat saylovchilar bilan uchrashib, joriy yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari Y.Berdiyarov va Sh.Eshbayevlar o‘z saylovchilari bilan uchrashdilar. “Andijon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan muloqotda saylovchilarga xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joriy yilning II chorakdagi faoliyatlari haqida axborot berildi.

Uchrashuvda saylovchilar tomonidan “Andijon” mahallasi hududidan o‘tuvchi Guliston-Gagarin yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining aholi qatnov qismiga piyodalar o‘tish chizig‘ hamda yo‘l belgisi, mahallaning Quvonch ko‘chasini shag‘allashtirish masalalari yuzasidan taklif va murojaatlar tushdi. Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar tegishli mas’ullar bilan gaplashib keying uchrashuvlarda axborot berishga kelishdilar.