Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, joriy yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.
Gallery image 49399
Gallery image 49400
Gallery image 49401
Gallery image 49402
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
10 Iyul 2025
16:21

Deputat saylovchilar bilan uchrashib, joriy yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari Y.Jo‘rayev va J.Mamadaliyevlar o‘z saylovchilari bilan uchrashdilar. “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan muloqotda saylovchilarga xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joriy yilning II chorakdagi faoliyatlari haqida axborot berildi.

Uchrashuvda saylovchilar tomonidan “Bo‘ston” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-41 davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining aholi qatnov qismiga piyodalar o‘tish chizig‘ hamda yo‘l belgisi, mahallada yangi qurilgan uylarga elektr simyog‘och va elektr similar o‘rnatish masalalari yuzasidan taklif va murojaatlar tushdi. Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar tegishli mas’ullar bilan gaplashib keying uchrashuvlarda axborot berishga kelishdilar.