Barcha yangiliklar
Ta’lim muassasasi isitilish tizimi faoliyati Ishtixon tumani deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Gallery image 4415
Gallery image 4416
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
19 Yan 2024
11:49

Ta’lim muassasasi isitilish tizimi faoliyati Ishtixon tumani deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Kiyamov Nurali Kuvondikovich 42-umumiy o'rta ta’lim maktabida isitish tizimining ishlash holati bilan tanishdi. O'rganish davomida maktabni isitish uchun mas’ul "Saxovatli Temur" xususiy korxonasi ekanligi, isitish talab darajasida emasligi, shuningdek, maktabga berkitilgan o't yoquvchiga oyligi korxona tomonidan o'z vaqtida to'lab berilmayotganligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan korxona rahbari Sh.Eshmamatovga tegishli tavsiyalar berildi va ularni bartaraf etish nazoratga olindi.