Barcha yangiliklar



XUDOYBERGANOV SHOHZOD AZAMAT O‘G‘LI
09 Iyul 2025
12:49
Bugun xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari B.Qo‘chqarovaning hisoboti eshtildi.
Yangiariq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari tinglandi.