Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 49234
Gallery image 49235
Gallery image 49236
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
09 Iyul 2025
15:02

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 7-A.Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Karomat Karimova "A.Navoiy" mahallasida ko‘cha faollari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr ta'minotidagi muammolar hamda mahalla hududining tozaligi va obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan diqqat bilan eshitilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida tegishli mutasaddilarga murojaat qilindi. Qolgan muammolar esa deputat nazoratiga olinib, hal etilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.