Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 49226
Gallery image 49227
Gallery image 49228
Gallery image 49229
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
09 Iyul 2025
12:03

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Boyovut tumani "Markaz" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Tashrif davomida tuman Kengashi deputati Salohiddin Kuldashov hamda viloyat Kengashi deputati Abdurasul Bobobekovlar amalga oshirilayotgan ishlarning holati bilan tanishib, mavjud kamchiliklar va takomillashtirishga muhtoj jihatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berishdi.

Mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarga qulay yashash sharoitini yaratish borasidagi sa’y-harakatlar doimiy deputat nazoratida bo‘lib boradi.