Barcha yangiliklar
Surxondaryoda bitiruvchi yoshlar uchun biznes marafon oʻtkazildi
Gallery image 49192
Gallery image 49193
Gallery image 49194
Gallery image 49195
Gallery image 49196
Gallery image 49197
Gallery image 49198
Gallery image 49199
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
09 Iyul 2025
08:53

Surxondaryoda bitiruvchi yoshlar uchun biznes marafon oʻtkazildi

Termiz davlat Muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Asson-Termiz” xususiy korxonasi direktori, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati O.Sharofutdinova hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning dolzarb muammolari, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, bandlikni ta’minlash mexanizmlari va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning muhim jihatlarini muhokama qilish uchun qulay platforma yaratdi.

Yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar, subsidiya va grantlar, biznesni boshlash va rivojlantirish uchun ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bitiruvchi yoshlar va tadbirkorlar o‘z navbatida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ular ishga joylashish, kredit olish, biznes loyihalarini amalga oshirishda duch kelayotgan qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning farovon kelajagiga yo‘l ochishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.