Barcha yangiliklar
Deputat – mahallada.
Gallery image 49075
Gallery image 49076
Gallery image 49077
Gallery image 49078
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
08 Iyul 2025
17:59

Deputat – mahallada.

    Bugungi kunda aholining muammolariga yechim topish, ularni ertaga emas bugun yaxshi yashashashi uchun sharoit yaratib berish yuzasidan mahalliy kengash deputatlarini oldida katta vazifalar turibdi. O‘zbekiston XDP tizimida aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida joylarda uchrashuv va ochiq muloqotlarda o‘tkazish, aholi turmush farovonligini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda deputatlik nazoratini o‘rnatish muhim ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqqan holda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputati J.Kamolhodjayev mahalla Xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda Al-Xorazmiy mahallasidagi aholi bilan uchrashib, ularning muammolari va masalalarini o‘rgandi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni “mahalla yettiligi” bilan birgalikda hal etish choralari belgilab olindi.