Barcha yangiliklar
#JARAYON
Gallery image 49057
Gallery image 49058
Gallery image 49059
Gallery image 49060
Gallery image 49061
TAUBAYEV KUVANISHBEK MIRZAKULOVICH
08 Iyul 2025
16:58

#JARAYON

Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi raisi - tuman hokimi R.Ro‘ziyev "Sho'rkul" mahallasidagi 26-sonli maktabda bo‘lib, ta‘lim muassasasida “Dolzarb 90 kun” loyihasia doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

Maktabdagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash maqsadida ta'lim maskanining qo‘shimcha binosini ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha aniq vazifalar belgilandi. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, ta'lim maskanida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasia doirasida maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari bilan ham tanishdi.