Barcha yangiliklar
Deputat homiyligi
Gallery image 49028
Gallery image 49029
Gallery image 49030
Gallery image 49031
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
08 Iyul 2025
15:16

Deputat homiyligi

Yurtimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, maktab infratuzilmasini yaxshilash va o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy talablar asosida jihozlash borasida joylarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu yo‘nalishdagi navbatdagi ezgu amal Chilonzor tumanida kuzatildi. Xususan, xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Husainov Alisher Abduvaxobovich tashabbusi va bevosita homiylik ko‘magida “Al-Xorazmiy” mahallasi hududida joylashgan 126-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida qator texnik-estetik yangilanishlar amalga oshirildi.
Jumladan, maktabdagi 106 ta sinfxona derazasiga zamonaviy jalyuzi pardalar o‘rnatildi. Ushbu amaliy yordam, avvalo, o‘quvchilar uchun qulay, ravshan va xavfsiz o‘quv muhitini yaratish, sinfxonalarda quyosh nurini me’yorlashtirish, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.