Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 48699
Gallery image 48700
Gallery image 48701
Gallery image 48702
Gallery image 48703
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
04 Iyul 2025
16:25

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 6-Jo‘langar saylov okrugi deputati Umurzoq Yarlakabov o‘z saylov okrugi — "Jo‘langar" mahallasida bo‘lib, mahalla faollari va Nuroniylar jamoasi bilan birga ulug‘ yoshdagi fuqarolar holidan xabar oldi.

Uchrashuv davomida yoshi ulug‘ insonlarning salomatligi, turmush sharoiti va ehtiyojlari bilan qiziqildi. Ularning duolari, hayotiy tajribalari va oq so‘zlari yoshlar uchun katta saboq ekani ta’kidlandi.

Mahalla ahli o‘z e’tibori va ehtiromini namoyon etgan deputatga minnatdorchilik bildirdi.