Barcha yangiliklar
O‘ZARO TAJRIBA ALMASHISH – KELGUSI TARAQQIYOT GAROVI
Gallery image 48364
Gallery image 48365
Gallery image 48366
Gallery image 48367
Gallery image 48368
Gallery image 48369
Gallery image 48370
MUSTAQIMOV MURODJON MEXRIDDIN O‘G‘LI
02 Iyul 2025
11:20

O‘ZARO TAJRIBA ALMASHISH – KELGUSI TARAQQIYOT GAROVI

O‘ZARO TAJRIBA ALMASHISH – KELGUSI TARAQQIYOT GAROVI

🌀Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati deputatlaridan iborat delegatsiya a’zolari va Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🌀Tashrif davomida mehmonlar Kogon shahar Kengashi faoliyati, deputatlarning nazorat-tahlil ishlari, joylarda aholi murojaatlarini hal etish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

🌀Bunday tashrif va uchrashuvlar deputatlarning bilim va ko‘nikmalarini boyitish, ularning qonunchilik tashabbuslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, hududlararo hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌀Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining faoliyati to‘g‘risida, Kengash kotibiyati mudiri Isamutdinov Shoxijaxon Alisherovich tomonidan mehmonlarga umumiy ma’lumot berib o‘tildi.