Barcha yangiliklar
“Kambag‘allikdan farovonlik sari”
Gallery image 48313
Gallery image 48314
Gallery image 48315
Gallery image 48316
Gallery image 48317
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
02 Iyul 2025
20:12

“Kambag‘allikdan farovonlik sari”

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A. Mamatmuratov tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi PQ–143-sonli “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ–330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq, tumandagi mahallalarda xonadonlar kesimida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur o‘rganishlar asosida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlil qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan aniq choralar ko‘rilmoqda. Bu jarayonda mahallabay ishlash tamoyili asosida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, har bir ehtiyojmand oilaga individual yondashuv asosida yordam berilmoqda. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati