Barcha yangiliklar
O`zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-98-sonli Prezident farmoni yuzasidan uchrashuv tadbiri
Gallery image 48244
Gallery image 48245
Gallery image 48246
Gallery image 48247
Gallery image 48248
Gallery image 48249
Gallery image 48250
Gallery image 48251
IMINJANOVA DILFUZAXON ERGASHOVNA
02 Iyul 2025
11:30

O`zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-98-sonli Prezident farmoni yuzasidan uchrashuv tadbiri

 2025-yil 23-iyundagi “O`zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-98-sonli Prezident farmoni mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari kotibiyat xodimlari
ishtirokida o`quv-seminar shaklida uchrashuv bo`lib o`tdi
 

Uchrashuv tadbirini Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi raisi Uktamjon Axunov olib ordi.  

Uchrashuvda farmonning asosiy yo`nalishlari va maqsadlari to`g`risida atroflicha fikr mulohazalar yuritildi. Xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillik institutlarini rivojlantirish, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, xalq vakillari o`rtasida o`zaro hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, aholi muammolarini tez va sifatli hal etish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e`tibor qaratildi. 

Qatnashchilar farmonning ijrosini ta`minlash bo`yicha o`z taklif va fikrlarini bildirdilar, hamda mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha mas`uliyatni oshirish muhimligini ta`kidladilar. 

Uchrashuv natijasida, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari PF-98-sonli farmon talablarini to`liq bajarish, mahalliy darajada jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash va xalq manfaatlarini himoya qilish borasida faol ishlashga kelishib olindi.