Barcha yangiliklar

















ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
01 Iyul 2025
16:58
Angor tumanida saylovchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Bakirov Poyan Uralovich Angor tumanida saylovchilar hamda "Monomarkaz"da faoliyat olib borayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda viloyatimiz qolaversa, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bo'yicha so'z bordi.
Uchrashuv so'nggida saylovchilar murojaatlari og'zaki va yozma ravishda olindi. Saylovchilarga huquqiy maslahatlar berildi. Yozma murojaatlar deputatlik so'rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta'kidlandi.