Barcha yangiliklar
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 48144
Gallery image 48145
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
01 Iyul 2025
16:03

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-Qo`rg`on saylov okrugidan saylangan deputat To`ychiyev Naimjon Yusupovich va mahalla yettiligi tomonidan “T.Rizayev” MFY “Chinor” ko`chasida yashovchi 2 ta oilaning yashash sharoitlari va ijtimoiy ahvoli o`rganildi. Uchrashuv davomida fuqarolar o`zlarining muammolari yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar, deputat tomonidan savollarga atroflicha tushuntirish berildi. Shundan so`ng MFY yettiligi bilan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi hamda zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.