Barcha yangiliklar
#jarayon
Gallery image 48092
Gallery image 48093
Gallery image 48091
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
28 Iyun 2025
15:12

#jarayon

❗️Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan 40-okrugida joylashgan Ahillik mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuvda mahalla yettiligi xodimlari hamda mahallaning faol fuqarolari ishtirok etishdi. uchrashuv jarayonida aholini o‘ylantirayotgan bir qator dolzarb muammolar eshitilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

✅ Ushbu uchrashuv davomida ko‘tarilgan 4 ta muammo joyida hal etildi va ijobiy yechim topildi. Qolgan masalalar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga rasmiy murojaatlar yuborilib, nazoratga olindi.

🗣 Bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularga amaliy yordam berish va ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuv yakunida aholi va mahalla faollari tomonidan deputatga minnatdorlik bildirildi.