Barcha yangiliklar
Bo‘ston tumanida 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarni bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda
Gallery image 48051
Gallery image 48052
Gallery image 48053
Gallery image 48054
Gallery image 48055
Gallery image 48056
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
01 Iyul 2025
10:52

Bo‘ston tumanida 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarni bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida yoz oylarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Z.Umarova Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10- umumiy òrta ta'lim maktabida bòlib, maktabda olib borilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida olib borilayotgan tògaraklar faoliyati, obodonlashtirish ishlari va mavjud muammolarni òrganish maqsadida tashrif buyurdi.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularni barkamol
avlod etib tarbiyalash, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalariga sodiq bo‘lish ruhida shakllantirishga xizmat qilmoqda.