Barcha yangiliklar
“Tashabbusli byudjet orqali ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda: 'Sayrak' mahallasining yangi rivojlanish bosqichi”
Gallery image 47838
Gallery image 47839
Gallery image 47840
Gallery image 47841
Gallery image 47842
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
28 Iyun 2025
18:04

“Tashabbusli byudjet orqali ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda: 'Sayrak' mahallasining yangi rivojlanish bosqichi”

 Shunday loyihalardan biri — Oltinsoy tumani “Sayrak” mahallasida amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati Egamberdiev Abror Ergashovich
tashabbusi bilan mahallaning ichki yo‘llarini asfaltlash bo‘yicha tayyorlangan loyiha tashabbusli byudjet tanlovida g‘olib deb topildi.
 

Ayni kunlarda mazkur loyiha doirasida mahallaning ichki ko‘chalarida asfalt yotqizishdan oldin toshlash ishlari boshlab yuborildi. Bu nafaqat aholi uchun qulaylik yaratish, balki mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, hududda transport harakatini yengillashtirish va turmush sifati oshishiga xizmat qiladi. 

Deputat Egamberdiev Abror Ergashovich o‘z saylovchilari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning fikr va takliflarini inobatga olgan holda ish olib bormoqda. Ushbu loyiha — mahalla aholisi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilayotgan, jamoaviy tashabbusga asoslangan rivojlanishning yorqin namunasi sifatida e’tirof etilmoqda. 

Shuningdek, loyiha doirasida qurilish ishlari sifatli va belgilangan muddatda yakuniga yetkazilishi, fuqarolarning roziligi va qoniqishini ta’minlash uchun deputat shaxsan nazoratni olib bormoqda. Aholi tomonidan bildirilgan
minnatdorlik va ijobiy fikrlar mahallada ijtimoiy hamjihatlikni kuchaytirmoqda.
 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati