Barcha yangiliklar
✅Doimiy komissiya qo‘shma  yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Gallery image 47810
Gallery image 47811
Gallery image 47812
Gallery image 47813
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
20 Iyun 2025
15:38

✅Doimiy komissiya qo‘shma yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha, ”Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamda Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yiģilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq oʼn beshinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlarining axborot va hisobotlari tinglandi va doimiy komissiya raislari va aʼzolari tomonidan muhokama qilinib, savollarga javoblar olindi.

Yig‘ilish yakuni bilan doimiy komissiyalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.