Barcha yangiliklar
QO‘SHMA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Gallery image 47657
Gallery image 47658
Gallery image 47659
Gallery image 47660
Gallery image 47661
UKTAMOV FAYOZBEK UTKIROVICH
27 Iyun 2025
16:58

QO‘SHMA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Payariq tumanida joylashgan Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengash deputatlari, “O‘zLiDeP” fraksiyasi a’zolari, tumandagi bir qancha korxona-tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etishdi.  

Yig‘ilishni “O‘zLiDeP” fraksiyasi rahbari, doimiy komissiya raisi A. Maxammatov ochdi va bugungi kunda mahalliy Kengashlar, deputatlar oldida turgan vazifalar, hisobdor tashkilotlar rahbarlari, jumladan, aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan banklar rahbarlari hisobotida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida gapirib o‘tdi. Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari X.Yarqulov va B.Eshmirzaevlar ishtirok etib, bugungi kunda Qonunchilik palatasi deputatlari olib borayotgan ishlar, qonunlarni ishlab chiqishda ko‘zda tutilayotgan asosiy vazifalar, mahalliy Kengashlar oldida turgan masalalar, sessiyalarda ko‘rilayotgan hisobotlarni eshitishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib
o‘tishdi.  

Qo‘shma yig‘ilishda deputatlar tumandagi banklar, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbarlari hisobotlari eshitildi.