Barcha yangiliklar
#munosabat
Gallery image 47617
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
20 Iyun 2025
14:23

#munosabat

#munosabat

"Kutish” emas, balki “tayyor bo‘lish” holatiga o‘tishi kerak.

 2025 yil 16 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Tumandagi kompleks rivojlanishga mas’ul birorta idora 3-5 yillik maqsad va rejalar dasturini qilib, hokim oldiga masala qo‘ya olmayapti, kunlik topshiriqlar bilan ovora. Shu bois, ayrim tumanlarda tayyor berilgan resursga ham loyiha topilmayapti” degan fikrni bildirdilar. (https://telegra.ph/Kutish-emas-balki-tayyor-bolish-holatiga-otishi-kerak-06-20)

Bu tanqid o‘rinli va tizimli islohotlarni talab qiladi. Mahalliy darajadagi samarali rejalashtirish, salohiyatli mutaxassislar va strategik yondashuvsizlik mavjud imkoniyatlardan foydalanmaslikka sabab bo‘lmoqda. Tumanlar “kutish” emas, balki “tayyor bo‘lish” holatiga o‘tishi kerak.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati G.Umarova