Barcha yangiliklar
“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!” SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY VA MADANIY-MUSIQIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 4235
Gallery image 4236
Gallery image 4237
Gallery image 4238
Gallery image 4239
Gallery image 4240
Gallery image 4241
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
08 Yan 2024
09:29

“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!” SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY VA MADANIY-MUSIQIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

 Mirobod tumanida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Sh.Rashidov”, “Farovon”,
“At-Termiziy”, “Afrosiyob” mahallalari aholisi uchun “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.
 

Tadbirda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Feruza Akromova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Bibioysha Qudaybergenova, aktrisa Zarifa Alimqulova, “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” masjidi imom-xatibi Asroriddin Xushnazarov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyumasi a’zosi Gulnoza Mamarasulova, shuningdek, mahalla faollari, ishtirok etishdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar, erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida hayotiy misollar bilan tushunchalar berdi.
 

Shuningdek, jamoatchilik faollari, nuroniylar, ijodkorlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.