Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Gallery image 47484
Gallery image 47485
Gallery image 47486
Gallery image 47487
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
27 Iyun 2025
08:27

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Allamurodova, Termiz shahar "Bog‘ishamol" MFY raisi G‘.Narbitov hamda O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirov ishtirokida Termiz shahar “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 18-sonli umumta'lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida deputat tomonidan saylovchilarga o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyatiga doir qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilidi.

Shuningdek, Sh.Allamurodova deputat sifatida xalqning muammolariga yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. U, shuningdek, shaharda amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarga deputat tomonidan bevosita javob berildi va kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.