Barcha yangiliklar





















MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
26 Iyun 2025
10:23
Doimiy komissiya a’zolari oilaviy poliklinikalar faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi tasaruffidagi oilaviy poliklinikalar faoliyati o‘rganildi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan tanlov asosida tumandagi markaziy ko‘p tarmoqli hamda oilaviy poliklinikalar ish faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida deputatlar poliklinikalardagi do‘stona modeli, dori-darmon va tibbiy vositalar bilan ta’minlanish holati, tizimda mavjud muammolar bilan tanishdi.