Barcha yangiliklar
Ajirim yoqasiga  kelib qolgan oilalarni yarashtirish-jamiyatning umumiy burchi
Gallery image 47206
Gallery image 47207
Gallery image 47208
IMINJANOVA DILFUZAXON ERGASHOVNA
25 Iyun 2025
14:29

Ajirim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish-jamiyatning umumiy burchi

 Bugungi kunda turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ba’zan ajrim bilan yakun topmoqda. Ammo har bir oila-bu nafaqat ikki insonning, balki butun jamiyatning kichik modeli xisoblanadi. Oilaviy nizolarning oldini olish va ajirim yoqasiga kelib qolgan oilalarning yarashtirish-nafaqat yaqinlar, balki mahalla, jamoatchilik va mutaxassislar ishtirokini talab qiladigan muhim masaladir. 

Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati M.Turg‘unova O‘zbekiston MFYdagi mahalla faollari bilan MFYdagi ajirim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi.